Krasnoyarskdagi vatandoshlarga hujjatlarni rasmiylashtirishda konsullik yordami ko‘rsatildi
Noyabr 15, 2026. 16:00 • 56 soniya
• 50
NOVOSIBIRSK, 15-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv chog‘ida fuqarolarga mamlakat qonunchiligi va bo‘lish qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligi eslatildi, shuningdek, ularning huquqlari buzilgan hollarda Bosh konsulxonaga murojaat qilish tartibi tushuntirildi.
Muloqot doirasida qator amaliy masalalar ijobiy hal etildi. Fuqarolarga O‘zbekistonga qaytish guvohnomalari berildi, yo‘qotilgan va muddati o‘tgan pasportlarni almashtirish bo‘yicha arizalar qabul qilinib, yangi hujjatlar topshirildi. Bundan tashqari, 16 nafar vatandosh vaqtinchalik konsullik hisobiga qo‘yildi.
Uchrashuv ishtirokchilari Bosh konsullik bilan doimiy muloqot fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bilan birga, Rossiya migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olishga ham xizmat qilayotganini ta’kidladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi