O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Sentabr 16, 2026. 19:00 • 2 daq

43
O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

TOSHKENT, 16-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifining tadbirlarga boy dasturi bugun yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan Seul shahrida o‘tkazilgan tor doiradagi va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Milliy Assambleya spikeri Cho Chjon Shik va Bosh vazir Xan Son Suk, Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari hamda moliyaviy institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes-forumi doirasida qo‘shma loyihalar ishga tushirildi va qurilishi boshlandi, salmoqli kelishuvlar paketi imzolandi.

Davlatimiz rahbari birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ishtirok etib, hamkorlikning beshta strategik yo‘nalishi bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi. O‘zbekiston Prezidenti ushbu formatdagi birinchi biznes sammitda ham so‘zga chiqdi.

Tashrif doirasida Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tadbirlar yakunlangach, aeroportda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish