O‘zbekiston Prezidenti Koreyaning xorijiy infratuzilma va urbanizatsiyani qo‘llab-quvvatlash korporatsiyasi rahbarini qabul qildi
Sentabr 15, 2026. 17:10 • 58 soniya
• 65
TOSHKENT, 15-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida bugun “KIND” korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Kim Bok Xvan bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, muloqotda mamlakatimiz transport va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar qo‘shma investitsiya platformasi tashkil etilganini olqishladilar.
Yangi ilmiy-sanoat bioklasterini tashkil etish loyihasi doirasida ilm-fan, sanoat va zamonaviy texnologiyalarni birlashtiruvchi yaxlit ekotizimni shakllantirish muhimligi taʼkidlandi.
Tomonlar Toshkentning yangi xalqaro aeroporti atrofidagi hududni rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqib, unda aeroport, ilg‘or logistika xablari va turar joy infratuzilmasini yagona tizimga birlashtirish zarurligini qayd etdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi