Qozog‘istonda o‘zbek tilining maqomi va tarixiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi

Sentabr 16, 2026. 16:00 • 58 soniya

4
Qozog‘istonda o‘zbek tilining maqomi va tarixiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi
Qozog‘istonda o‘zbek tilining maqomi va tarixiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi

OQTOV, 16 sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi vakillari “English school” xalqaro maktabida o‘zbek tilining maqomi, nufuzi va tarixiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir doirasida diplomatlar o‘zbek tilining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar hamda uning mamlakat mustaqilligini mustahkamlashdagi muhim o‘rni haqida fikr yuritdi.

Ona tili, anʼanalar va milliy qadriyatlarga nisbatan hurmat va sadoqat Vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqatning ifodasi ekani taʼkidlandi.

Uchrashuv ishtirokchilari madaniy-lisoniy merosni oila davrasida asrab-avaylash hamda uni xorijdagi vatandoshlarning faoliyati davomida keng targ‘ib qilish muhimligini qayd etdi.

Ishtirokchilar 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan davlat va xalqaro miqyosda qator yirik maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlar o‘tkazilishini maʼlum qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish