Venesueladagi kuchli zilzilalar qurbonlari soni qariyb 4,5 ming kishiga yetdi

Iyul 13, 2026. 11:00 • 59 soniya

77
Venesueladagi kuchli zilzilalar qurbonlari soni qariyb 4,5 ming kishiga yetdi
“Reuters” agentligi surati

KARAKAS, 13-iyul. /“Dunyo” AA/. Venesuelada 24-iyun kuni sodir bo‘lgan ikkita zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 4490 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Reuters” agentligiga tayanib.

Venesuela Milliy assambleyasi raisi Xorxe Rodrigesning so‘zlariga ko‘ra, 16 ming 740 kishi jabrlangan, yana 6 ming 462 kishi vayronalar ostidan qutqarib olingan.

La-Guayra shtati qirg‘oqlari bo‘ylab va Katia-la-Mar shahrida turar joy binolari va ko‘p qavatli imoratlar vayron bo‘lgan, yo‘llarni bino parchalari bosib qolgan. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, vayronalar ostida 50 mingga yaqin odam bedarak yo‘qolgan bo‘lishi mumkin.

La-Guayra shtati gubernatori Xose Alexandro Teranning maʼlum qilishicha, hukumat zilzila oqibatlarini bartaraf etishga zudlik bilan kirishgan, favqulodda xizmatlar esa qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish