O‘zbekistonlik chorvadorlar Belarusdagi qo‘shma korxona faoliyatini kengaytirmoqda
Noyabr 11, 2026. 10:00 • 2 daq
• 132VITЕBSK, 11-noyabr. /“Dunyo” AA/. Belarusning Vitebsk viloyati Shumilinsk tumanida tashkil etilgan O‘zbekiston–Belarus qo‘shma korxonasi uchun 150 ga yaqin buqa sotib olinib, 380 gektar yer maydoni ajratildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Beland chorva” MCHJ qo‘shma korxonasi direktori Bahodir Komilov Belarusning “STV” telekanaliga bergan intervyusida hozirda majmuada o‘zbekistonlik tajribali mutaxassislar mehnat qilayotganini, mahalliy bozordan sotib olingan 146 bosh buqacha mahalliy hokimlik tomonidan ajratilgan ikkita binodan birida sifatli ozuqa bilan boqilayotganini ma’lum qildi.
Loyiha O‘zbekiston Prezidentining 2026-yil 8–9-iyul kunlari Belarusga ikki kunlik rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar natijasidir.
Boshqa ko‘plab loyihalar qatorida o‘zbekistonlik investorlar ishtirokidagi “Beland chorva” MCHJ qo‘shma korxonasi Vitebsk viloyatining Shumilinsk tumanida o‘z faoliyatini jadal rivojlantirmoqda.
“Loyiha doirasida mahalliy tuman ijroiya qo‘mitasi tomonidan o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratilib, fermerlik faoliyati har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda”, deya xabar bermoqda telekanal.
Korxona 2027-yil bahorida zarur zamonaviy texnikalarni sotib olishni, qoramollar sonini 600 boshga yetkazishni rejalashtirmoqda. Ajratilgan yer maydonida makkajo‘xori, kartoshka va piyoz ekish ko‘zda tutilgan.
Xo‘jalikda yetishtirilayotgan chorva mollaridan olinadigan sifatli go‘sht mahsulotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekistonga yetkazib beriladi. Bu chora-tadbirlar ikki tomonlama go‘sht va sut mahsulotlari savdosini yanada kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



