O‘zbekiston delegatsiyasi Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar parlamentlari ittifoqining 20-sessiyasida ishtirok etdi

Iyun 28, 2026. 14:30 • 2 daq

106
O‘zbekiston delegatsiyasi Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar parlamentlari ittifoqining 20-sessiyasida ishtirok etdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar parlamentlari ittifoqining 20-sessiyasida ishtirok etdi

TOSHKENT, 28-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kobuljon Tursunov Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Parlamentlar ittifoqi Konferensiyasining 20-sessiyasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Oliy Majlis yuqori palatasi axborot xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, "Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarda parlamentlararo hamkorlik orqali barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish" mavzusiga bag‘ishlangan mazkur anjuman 40 dan ortiq mamlakat parlament delegatsiyalari, 10 dan ziyod davlat parlamentlari rahbarlari hamda qator xalqaro tashkilotlar vakillarini birlashtirdi.

Tadbirda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan fikr almashilib, parlamentlararo hamkorlikni yana-da rivojlantirish, barqaror va inklyuziv iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash hamda Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, sessiya doirasida Bosh qo‘mita, Ijroiya qo‘mitasi, Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar parlamentlari bosh kotiblari assotsiatsiyasi hamda siyosiy masalalar va xalqaro munosabatlar, iqtisodiy masalalar va atrof muhit, huquqiy va madaniy masalalar, sivilizatsiyalar va dinlararo muloqot, inson huquqlari, xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha qo‘mitalar yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish