Chexiya Bosh vaziri 29-30-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi
Aprel 29, 2026. 09:21 • 55 soniya
• 233
TOSHKENT, 29-aprel. /“Dunyo” AA/. Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish 29-30-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Chexiya hamkorligini yana-da rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.
O‘zaro savdoni ko‘paytirish, mashinasozlik, “yashil” energetika, kimyo, farmatsevtika va transport sohalarida kooperatsiyani kengaytirish diqqat markazida bo‘ladi. Madaniy-gumanitar va taʼlim sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Xalqaro kun tartibidagi masalalar, shu jumladan ko‘p tomonlama maydonlarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashiladi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif doirasida Bosh vazir Andrey Babish O‘zbekiston-Chexiya biznes forumida ham ishtirok etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi