Logo

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari san’at ustalarining qo‘shma konsertida ishtirok etdilar

Mart 26, 2026. 22:50 • 2 daq

132
O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari san’at ustalarining qo‘shma konsertida ishtirok etdilar

TOSHKENT, 26-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bugun “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyida ikki mamlakat san’atkorlari ishtirokidagi an’anaviy konsertni birgalikda tomosha qildilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ta’kidlaganidek, O‘zbekiston va Tojikiston xalqlarini uzoq o‘tmishga borib taqaladigan munosabatlar, mushtarak ma’naviy va diniy qadriyatlar, an’analar hamda boy madaniy meros bog‘lab turadi.

Har ikki mamlakatda ham asrlar davomida shakllanib kelgan do‘stlik, o‘zaro hurmat va yaxshi qo‘shnichilik an’analari asrab-avaylanib, boyib bormoqda.

Ushbu madaniy tadbir buning yaqqol tasdig‘i bo‘ldi. Konsert dasturida birodar xalqlarimizning betakror va boy madaniyatini aks ettiruvchi milliy musiqa va sahna san’atining eng sara asarlari ijro etildi.

O‘zbekiston va Tojikiston san’atkorlari hamda ansambllarining birgalikdagi chiqishlari o‘zaro anglashuv, ma’naviy yaqinlik va faol madaniy muloqot ramzi bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish