Prezidentlar Toshkentda Tojikiston elchixonasining yangi binosini ochdilar
Mart 26, 2026. 19:54 • 1 daq
• 91
TOSHKENT, 26-mart. /“Dunyo” AA/. Tojikiston Prezidentining davlat tashrifi doirasida bugun ushbu mamlakatning Toshkent shahridagi elchixonasining yangi binosi ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ramziy tasmani kesib, diplomatik vakolatxonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar.
Yetakchilar elchixona va konsullik bo‘limining ma’muriy binolari, elchi qarorgohi, diplomatlar va ularning oila a’zolari uchun turar-joylarni o‘z ichiga olgan majmuani ko‘zdan kechirdilar.
Marosim yakunida Prezidentlar Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib, diplomatik vakolatxona hududiga daraxt ekdilar.
Ushbu tadbir O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga bo‘lgan o‘zaro intilish qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi