Logo

Xitoydagi ko‘rgazmada “Made in Uzbekistan” brendi keng namoyish qilindi

Mart 21, 2026. 10:30 • 2 daq

204
Xitoydagi ko‘rgazmada “Made in Uzbekistan” brendi keng namoyish qilindi

XANCHJOU, 21-mart. /“Dunyo” AA/. Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan “Export to China” ko‘rgazmasida O‘zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlar namoyish qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Shanxaydagi bosh konsulxonasi hamda Xitoyning “Shanghai Vostosun Industrial Co Ltd” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazmada 75 mamlakatdan 350 nafardan ortiq ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Vakillarimiz tadbir davomida “Made in Uzbekistan” brendi ostida yurtimizda ishlab chiqarilayotgan sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni namoyish etdi. O‘zbekistonga ajratilgan pavilyondan oziq-ovqat, salqin va spirtli ichimliklar, shirinliklar, za’faron, don mahsulotlari, sopol va boshqa mahsulotlar joy oldi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida XXR tijorat vaziri Van Ventao va Chjetszyan provinsiyasi partiya kotibi Van Xao ishtirok etdi. Rasmiylar O‘zbekiston mahsulotlariga katta qiziqish bildirib, sifat va talab jihatdan yuqori darajada ekanini alohida ta’kidladi.

Tadbir davomida mahalliy ishbilarmonlar bilan B2B formatida uchrashuvlar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish