Qaşqadaryolik yoşlar amaliyot ötaş uçun Germaniyaga boradi

Oktabr 21, 2026. 17:50 • 3 daq

• 107
Qaşqadaryolik yoşlar amaliyot ötaş uçun Germaniyaga boradi

TOŞKENT, 21-oktabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun Qaşqadaryo ilğor kasbiy mahorat texnikumi va uning negizida taşkil etilgan “Kasblar şaharçasi” faoliyati bilan tanişdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga köra, qiymati 42 milliard söm bölgan texnikum 5,2 gektar maydonda joylaşgan. Uning tarkibida öquv binolari va laboratoriyalar, ustaxonalar, yotoqxona, sport maydonçasi, oşxona va “Kasblar şaharçasi” barpo etilgan. Jami 14 ta bino va inşootni qamrab olgan muassasada 80 ta iş örni yaratilgan.

Hozir bu yerda 10 ta yönaliş böyiça 417 nafar yoş tahsil olmoqda. Öquv jarayoniga Germaniya, Şveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Janubiy Koreyaning ilğor tajribasi tatbiq etilmoqda.

Texnikum viloyatdagi boşqa kasbiy ta’lim muassasalari uçun ham metodik va amaliy baza bölib xizmat qiladi. Ularda tahsil olayotgan 2 ming 800 nafar öquvçi şu yerda amaliyot ötaydi. Amaliyot va dual ta’limni taşkil etiş böyiça 32 ta yirik taşkilot bilan şartnomalar tuzilgan, yana 11 tasi bilan hamkorlik yölga qöyilişi rejalaştirilgan.

Yil yakuniga qadar 500 nafar yoşni nemis tiliga öqitib, Germaniyada haq tölanadigan amaliyotga yuboriş közda tutilmoqda. Davlatimiz rahbari stajirovkaga ketayotgan bir guruh yoşlar bilan suhbatlaşdi.

– Barça sa’y-harakatlarimiz sizlar kasb egallaşingiz uçun. Kasbli bölsangiz, heç qaçon kam bölmaysizlar. Bilim va hunarni puxta egallasangiz, qayerda bölmang, öz örningizni topasizlar. Bugun sizlarga şunday imkoniyat berilyapti. Undan töğri foydalansangiz, özingiz, farzandlaringiz va nevaralaringiz uçun farovon hayotga zamin yaratasizlar. Şuning uçun bir daqiqangiz ham bekor ötmasin, – dedi Prezidentimiz.

Suhbatda maktab davridanoq kasb va til örgatişga e’tibor beriş zarurligi ham ta’kidlandi. “Kasblar şaharçasi” şu maqsadda maktab öquvçilarining qiziqiş va qobiliyatini erta aniqlaş, ularni kasbga yönaltiriş uçun taşkil etilgan.

Yoşlar bu yerda axborot texnologiyalari, “yaşil” energetika, robototexnika, dronlarni boşqariş va elektromobillarga xizmat körsatiş kabi yönalişlar bilan tanişadi. Şuningdek, tikuvçilik, oşpazlik, santexnika, zootexnika va agronomiya böyiça amaliy könikmalarni egallaydi.

Viloyatda amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalari yangi mutaxassislarga ehtiyojni oşirmoqda. Şu bois, texnikum imkoniyatlaridan töliq foydalaniş, ta’lim dasturlarini iş beruvçilar talabiga moslaştiriş va yoşlarni yangi korxonalar uçun maqsadli tayyorlaş muhimligi ta’kidlandi.

Şu yerda Qaşqadaryo viloyati ta’lim tizimidagi zamonaviy yondaşuvlar hamda Germaniya bilan hamkorlikdagi istiqbolli qöşma loyihalar yuzasidan axborot berildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish