Ğuzorda zamonaviy köçatçilik markazi taşkil etildi

Oktabr 21, 2026. 18:50 • 2 daq

• 101
Ğuzorda zamonaviy köçatçilik markazi taşkil etildi

TOŞKENT, 21-oktabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida Ğuzor tumanida taşkil etilgan köçatçilik markazi faoliyati bilan tanişdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga köra, Özbekiston Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi farmoni bilan mahallalarning kökalamzorlaştirişdagi rolini kuçaytiriş, “3-30-300” tamoyili asosida yaşil hududlarni kengaytiriş vazifalari belgilangan. Yangi markaz sifatli köçat yetiştirişni mahallalar ehtiyoji, daraxtlarni parvarişlaş va aholi bandligi bilan boğlaşga qaratilgan.

Xorij tajribasi asosida 65 gektar maydonda taşkil etilgan majmuaning qiymati 9,5 milliard söm. Bu yerda 100 ga yaqin iş örni yaratilgan.

Markazning 50 gektari manzarali daraxtlar, 5 gektari mevali daraxtlar, 3 gektari buta va gul köçatlarini yetiştirişga ajratilgan. Birinçi bosqiçda 1,6 million dona, keyingi bosqiçda 5 million dona nihol va köçat yetiştiriş közda tutilgan. Bu yerda 41 turdagi manzarali va ignabargli daraxt köçatlari mavjud.

Majmuada oçiq köpaytiriş maydonlari, issiqxona, uruğdan nihol yetiştiriş va köçatlarni soyalaş inşootlari barpo qilingan. Siğimi 4,2 ming kub metr bölgan uçta membranali suv havzasi taşkil etilib, 20 gektar maydonga tomçilatib suğoriş tizimi örnatilgan. Kompost va mulça tayyorlaş uskunalari hamda quyoş panellaridan foydalanilmoqda.

Zamonaviy texnologiyalar yil davomida, jumladan, ekiş mavsumidan taşqari vaqtda ham köçat yetiştiriş imkonini beradi. Hisob-kitoblarga köra, an’anaviy usullarga nisbatan yetiştiriş hajmi 8-10 barobar köpayib, suv sarfi 3 baravar kamayadi. Bu köçatlar tannarxini 30-40 foizga pasaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Markazda mahallalarni yaşillaştiriş uçun alohida xizmatlar yölga qöyilgan. Ular köçat va butalar yetkazib beriş, zararlangan daraxtlarni davolaş, mulçalaş hamda tomçilatib suğoriş tizimlarini taşkil etişni qamrab oladi. Har bir mahallaga örmonçi murabbiy biriktirilib, “yettilik” a’zolari uçun har bir ekiş mavsumi oldidan öquvlar ötkaziladi.

Aholi ham köçat yetiştiriş jarayoniga jalb qilinmoqda. Kooperatsiya şartnomalari asosida fuqarolarga nihollar yetkazib beriladi. Ular xonadonlarda bir-ikki mavsum parvarişlanib, tayyor köçatga aylangaç, kafolatli tarzda sotib olinadi. Bu oilalarga qöşimça daromad manbai yaratadi.

Davlatimiz rahbari markazda yaratilgan şaroitlarni közdan keçirib, köçat ekiş va boğ yaratiş xalqimizga xos ezgu an’ana ekanini ta’kidladi. Markazning mahallalarni kökalamzorlaştiriş va aholi daromadlarini oşirişdagi imkoniyatlari haqida axborot berildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish