O‘zbekiston va Serbiya yetakchilari ko‘p qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar

Iyul 24, 2026. 19:37 • 2 daq

67
O‘zbekiston va Serbiya yetakchilari ko‘p qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich telefon orqali muloqot qildilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Serbiya Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali munosabatlarni yana-da mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. O‘tgan yilning oktyabr oyida Serbiya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, infratuzilma, madaniy-gumanitar sohalarda hamda turizm va tartibli mehnat migratsiyasi yo‘nalishlarida hamkorlikni izchil rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasi, xususan, Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish hamda O‘zbekiston delegatsiyasining Belgrad shahrida bo‘lajak “EXPO-2027” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish