O‘zbekiston Prezidenti Tatariston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidladi

Iyul 24, 2026. 19:43 • 49 soniya

54
O‘zbekiston Prezidenti Tatariston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidladi

TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida Rustam Minnixanov O‘zbekiston Prezidentini tavallud kuni munosabati bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va O‘zbekiston xalqi ravnaqi yo‘lidagi serqirra mehnatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Mamlakatimiz hududlarining Tatariston Respublikasi bilan hamkorligini yana-da kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda ustuvor tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish