Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston – Hindiston sherikligini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi

Avgust 30, 2026. 15:33 • 2 daq

78
Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston – Hindiston sherikligini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi

TOSHKENT, 30-avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ishtirokida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ular savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda chuqurlashtirishga qaratilgan.

Jumladan:

– Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot;

– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Hindiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan madaniy almashinuvlar dasturi;

– Ayurveda va an’anaviy tibbiyotning boshqa yo‘nalishlarida hamkorlik to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi;

– Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Fayoztepa va Qoratepa hududlarida arxeologik tadqiqotlar o‘tkazish to‘g‘risida bayonnoma;

– Iqtisodiy va moliyaviy muloqot to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;

– 2026-2028-yillarda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi;

– Geologiya va mineral resurslar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;

– Arxiv ishi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;

– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Sushma Svaraj nomidagi Tashqi aloqalar instituti o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;

– Samarqand viloyati va Gujarat shtati o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish