O‘zbekiston Prezidenti 15-may kuni amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

May 14, 2026. 19:24 • 57 soniya

77
O‘zbekiston Prezidenti 15-may kuni amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

TOSHKENT, 14-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 15-may kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining “Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Tadbir davomida ko‘p tomonlama hamkorlikni, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya va ekologiya sohalarida hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va sunʼiy intellektni amalda qo‘llash borasida yanada kengaytirish xususida so‘z yuritiladi.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham muhokama qiladilar.

Tadbir yakunida Turkiston deklaratsiyasini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish