O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya Federal prezidenti Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar

Iyun 17, 2026. 20:50 • 46 soniya

87
O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya Federal prezidenti Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar

TOSHKENT, 17-iyun. /“Dunyo” AA/. Oliy darajadagi O‘zbekiston – Germaniya muzokaralari yakunida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer daraxt ekish marosimida ishtirok etdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyobonida ekilgan daraxt O‘zbekiston va Germaniya xalqlari o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan do‘stlik, ishonch va o‘zaro anglashuv rishtalarining ramziga aylanib, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi bosqich boshlanganining timsoli bo‘ladi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish