O‘zbekiston 2027 yilda BMTning “Space4Water” xalqaro konferensiyasini o‘tkazadi
Iyun 17, 2026. 19:30 • 58 soniya
• 28
VЕNA, 17-iyun. /“Dunyo” AA/. BMTning Kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish qo‘mitasi (COPUOS) 69-sessiyasi doirasida O‘zbekiston suv resurslarini boshqarishda kosmik texnologiyalarni qo‘llash borasidagi tajribasi namoyish qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda suv xo‘jaligini raqamlashtirish, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari yordamida suv omborlari monitoringini yuritish, qishloq xo‘jaligida suv iste’molini baholash bo‘yicha zamonaviy yechimlarni joriy etishga qaratilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, sessiya davomida BMTning Kosmik masalalar bo‘yicha boshqarmasi (UNOOSA) bilan hamkorlikda 2027-yilda O‘zbekistonda navbatdagi “Space4Water” xalqaro anjumani o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
Mazkur tadbir suv xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarini boshqarish va kosmik texnologiyalarga asoslangan innovatsion yechimlarni muhokama qilish uchun muhim xalqaro maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi