O‘zbekiston Prezidenti va Jahon banki rahbari strategik sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar

Noyabr 11, 2026. 15:40 • 58 soniya

• 109
O‘zbekiston Prezidenti va Jahon banki rahbari strategik sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar

TOSHKЕNT, 11-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP31 sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ushbu yetakchi xalqaro moliya instituti bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Hamkorlikdagi loyihalar portfeli qariyb 16 milliard dollarga yetdi.

Dekabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablag‘larini o‘rta muddatli o‘rganish bo‘yicha forumga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

O‘sish va ish o‘rinlarini yaratish dasturini amalga oshirish, sheriklik bo‘yicha yangi Mamlakat dasturini tayyorlash, infratuzilmaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish, xususiylashtirish hamda suv xavfsizligini ta’minlash kabi masalalar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilab olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish