O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Antaliyaga keldi

Noyabr 10, 2026. 21:40 • 44 soniya

• 103
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Antaliyaga keldi

TOSHKENT, 10-noyabr. /“Dunyo” AA/. Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga bugun amaliy tashrif bilan Antaliya shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, xalqaro aeroportda O‘zbekiston Prezidentini Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim va Turkiyaning rasmiy shaxslari kutib oldi.

11-noyabr kuni mamlakatimiz yetakchisi BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining yalpi sessiyasida ishtirok etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish