Sadir Japarov Qirg‘izistonda yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini ilgari surdi
Noyabr 11, 2026. 16:30 • 50 soniya
• 120
BISHKЕK, 11-noyabr. /“Dunyo” AA/. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov kecha Saylov va referendumlar o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyaga bo‘lajak Prezidentlik saylovlarida o‘zini o‘zi ko‘rsatish tartibida nomzodini ilgari surish to‘g‘risida ariza topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Kabar” QMAAning ma’lum qilishicha, 2026-yil 10-noyabr holatiga Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasiga davlat rahbari lavozimiga nomzod ko‘rsatish bo‘yicha oltita ariza kelib tushgan.
Nomzod ko‘rsatish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 2026-yil 13-noyabr kuniga qadar davom etadi. Prezident saylovi 2027-yilning 27-yanvar kuniga belgilangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi