O‘zbekiston Prezidenti va Gruziya Bosh vaziri Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar
Iyul 03, 2026. 15:02 • 2 daq
• 89
TOSHKENT, 3-iyul. /“Dunyo” AA/. Bugun bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Jumladan:
– Bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro maʼmuriy yordam to‘g‘risida bitim;
– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Kasbiy va oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Gruziya Hukumati o‘rtasida 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
– O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Gruziya Madaniyat vazirligi o‘rtasida 2027-2030-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
– O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Gruziya Moliya vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
– “E-Permit” ruxsatnomalar almashinuvi axborot tizimini joriy etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
– Qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
– Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
– Sog‘liqni saqlash sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
– Radiatsiyaviy himoya va yadroviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorlik hamda axborot almashish to‘g‘risida memorandum;
– Mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
– Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum.
Shuningdek, tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan Gruziya Adliya vazirligi huzuridagi Milliy ijro byurosi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum ham imzolandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi