O‘zbekiston Prezidenti Armaniston Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqotda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Sentabr 11, 2026. 14:25 • 2 daq

49
O‘zbekiston Prezidenti Armaniston Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqotda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

TOSHKENT, 11-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston – Armaniston munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shu maʼnoda, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish dolzarb ekani alohida qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqalarini bog‘laydigan logistika va transport yo‘laklarini rivojlantirish orqali o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi.

Prezidentimiz mintaqaviy barqarorlik va izchil taraqqiyot uchun mustahkam asos bo‘ladigan Tinchlik shartnomasini tez fursatda imzolash borasidagi saʼy-harakatlarni yuksak baholadi.

Ikki va ko‘p tomonlama, shu jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati arxividan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish