Logo

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi

Dekabr 18, 2025. 10:20 • 28 soniya

179
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi

TOSHKENT, 18-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan bugun rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq, Tokioda bir qator oliy darajadagi uchrashuvlar va tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston – Yaponiya strategik sherikligi va ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish hamda kengaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti davlat rahbarlarining birinchi sammitida ishtirok etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish