O‘zbekiston diplomatlari ko‘magi bilan mushkul vaziyatda qolgan ona va bola Novosibirskdan yurtimizga qaytarildi

Avgust 31, 2026. 13:41 • 58 soniya

13
O‘zbekiston diplomatlari ko‘magi bilan mushkul vaziyatda qolgan ona va bola Novosibirskdan yurtimizga qaytarildi

NOVOSIBIRSK, 31-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi mushkul vaziyatga tushgan vatandoshlarimizni yurtimizga qaytarish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlarni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maʼlum bo‘lishicha, hamyurtimiz Rossiya migratsiya qonunlarini buzgani oqibatida uning ikki oylik go‘dagi vasiylikka olinib, Novosibirsk shahridagi “Rassvet” nomli bolalar va o‘smirlar reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan.

Bosh konsulxona muammoni o‘rgangandan so‘ng tezkorlik bilan zarur choralarni ko‘rdi. Diplomatlar xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi hamda reabilitatsiya markazi vakillari bilan shoshilinch muzokaralar olib bordi. Saʼy-harakatlari natijasida vatanga qaytish sertifikatlari tayyorlandi,

Amalga oshirilgan chora-tadbirlardan so‘ng Bosh konsulxona vakillari chaqaloqni olib, Novosibirsk aeroportida kutib turgan onasi bag‘riga qaytardi.

Ona va bola 28-avgust kuni Rossiya aviakompaniyasi reysi bilan Toshkentga qaytarildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish