O‘zbekiston Prezidenti Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan OHIChK sammitida ishtirok etadi
Oktabr 13, 2026. 19:30 • 2 daq
• 87
TOSHKENT, 13-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi.
Ozarbayjon raisligida o‘tkaziladigan forum kun tartibidan Osiyo qit’asida ishonch, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash hamda Kengashning institusional rivojlanishini yana-da takomillashtirishga oid dolzarb masalalar o‘rin olgan.
Transport bog‘liqligini rivojlantirish, raqamlashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.
Ishtirokchilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.
Tadbir yakunlari bo‘yicha Boku deklaratsiyasi hamda Tashkilotning roli va samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.
Sammit doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Ta’kidlash joiz, OHIChK Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash, tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro forum hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Kengash qit’a hududi va aholisining qariyb 90 foizini tashkil etuvchi 28 ta davlatni birlashtirgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi