O‘zbekiston Prezidenti Samarqandda AQShning aktivlarni boshqarish bo‘yicha kompaniyasi rahbarini qabul qildi

Oktabr 19, 2026. 18:15 • 2 daq

• 108
O‘zbekiston Prezidenti Samarqandda AQShning aktivlarni boshqarish bo‘yicha kompaniyasi rahbarini qabul qildi

TOSHKЕNT, 19-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqand shahrida “Franklin Templeton” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jenni Jonsonni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda yirik davlat korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning dastlabki natijalari ko‘rib chiqildi.

London va Toshkent birjalarida O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarining joylashtirilishi mamlakatimiz tarixidagi ilk xalqaro IPO bo‘lgani ta’kidlandi. Buning hisobiga qariyb 700 million dollar mablag‘ jalb etildi, talab taklifga nisbatan to‘rt baravardan ziyodga oshdi.

Keyingi bosqichda jamg‘arma portfelidagi kompaniyalarni transformatsiya qilish orqali aholi farovonligini oshirish, xizmatlar ishonchliligi va sifatini yaxshilash ko‘zda tutilgani qayd etildi. Keyingi aksiyalarni joylashtirish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini kengaytirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yirik kompaniyalarni IPOga tayyorlash, ularning boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish hamda kompaniyaning Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatida ishtirok etishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish