Antaliya shahrida O‘zbekiston Prezidenti Gruziya Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Noyabr 10, 2026. 23:40 • 1 daq

• 24
Antaliya shahrida O‘zbekiston Prezidenti Gruziya Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

TOSHKENT, 10-noyabr./“Dunyo”AA/. Turkiyaga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston–Gruziya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yilning 2-3-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Gruziyaga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki mamlakat parlamentlari, vazirliklari, idoralari va ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi va qo‘shma korxonalar soni izchil ortib bormoqda. Mamlakatimizda gruziyalik investorlar ishtirokida tashkil etilgan raqamli bank faoliyat yuritmoqda.

Tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasini ilgari surish, turizmni rivojlantirish, transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalanish hamda ikki mamlakat hududlarini iqtisodiy hamkorlikka keng jalb etish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhimligi ta’kidlandi. 

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish