O‘zbekiston Prezidenti Jahon meteorologiya tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Noyabr 10, 2026. 23:20 • 57 soniya

• 34
O‘zbekiston Prezidenti Jahon meteorologiya tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

TOSHKENT, 10-noyabr. /“Dunyo”AA/. Antaliya shahriga amaliy tashrif davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Jahon meteorologiya tashkiloti bosh kotibi Selesta Saulo bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, suhbatda iqlim o‘zgarishini monitoring qilish, ekstremal ob-havo hodisalariga nisbatan bardoshlilikni oshirish hamda ekologik vaziyatni yaxshilash borasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

JMT bilan gidrometeorologiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ob-havoni kuzatish tizimlarini takomillashtirish, ma’lumot almashish kabi yo‘nalishlarda ko‘p yildan buyon samarali hamkorlik qilib kelinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Atmosfera monitoringi, qum va chang bo‘ronlarini prognoz qilish hamda havo sifatini ta’minlash sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

Yakunda iqlim kun tartibining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy sheriklikni kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyorlik bildirildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish