O‘zbekiston Prezidenti Vetnam Vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Oktabr 15, 2026. 19:40 • 2 daq

• 102
O‘zbekiston Prezidenti Vetnam Vitse-prezidenti bilan uchrashdi

TOSHKЕNT, 15-oktabr. /“Dunyo” AA/. Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Vetnam Vitse-prezidenti Vo Txi An Suan bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash va yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida Vetnam delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Vetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Bosh kotibi, mamlakat Prezidenti To Lamning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston–Vetnam munosabatlari jadal rivojlanib borayotganidan mamnunligini ta’kidladilar. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil ortib bormoqda, turli darajalarda muntazam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

Neft-kimyo, elektrotexnika va to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish