Logo

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

May 09, 2026. 10:50 • 2 daq

79
O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 9-may. /“Dunyo” AA/. 8-may kuni Moskva shahridagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, suhbat avvalida O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari G‘alabaning 81-yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy qutladilar.

O‘zbekiston–Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini avvalgi oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdo hajmi barqaror oshib borayotgani, sanoat, energetika, metallurgiya va boshqa tarmoqlarda loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish va ustuvor tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini jadallashtirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish, shuningdek, hududlar darajasida faol aloqalarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Faol madaniy-gumanitar almashinuvni yanada ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish