O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
May 22, 2026. 15:03 • 58 soniya
• 77
TOSHKENT, 22-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Turli darajalardagi samarali aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar faol rivojlanmoqda.
Tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib bormoqda, yil boshidan buyon 23 foizga oshdi. Sanoat, energetika, transport va boshqa muhim sohalarda, shu jumladan, mintaqalar darajasida yirik kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




