O‘zbekiston Prezidentining Turkiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
Oktabr 30, 2026. 17:50 • 55 soniya
• 121
TOSHKЕNT, 30-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqara shahriga amaliy tashrifini yakunlab, bugun Toshkentga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, “Etimesgut” aeroportida O‘zbekiston Prezidenti va rafiqasini Turkiya savdo vaziri O‘mer Bolat va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Kuni kecha O‘zbekiston yetakchisi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi bog‘ining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Bugun Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimiz ko‘p tomonlama sheriklikni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi hamda qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Tashrif doirasida Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi