O‘zbekiston bilan O‘mon o‘rtasida salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilindi
Noyabr 17, 2026. 14:40 • 2 daq
• 61
TOSHKЕNT, 17-noyabr. /“Dunyo” AA/. Masqat shahrida o‘tkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said huzurida bugun ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi va O‘mon Sultonligi o‘rtasida imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim o‘zaro munosabatlarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan bo‘lib, hamkorlikning barcha jabhalarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, marosimda o‘zaro vizadan ozod qilish, sanoat kooperatsiyasi, moliya va iqtisodiyot, imtiyozli savdo, erkin iqtisodiy zonalar, bojxona, transport-logistika, kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari, uy-joy hamda shaharsozlik, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, mehnat va inson resurslari, ta’lim, madaniyat va sport, boshqaruv va davlat xizmati, arxivlashtirish hamda boshqa sohalar bo‘yicha qabul qilingan 30 dan ziyod hujjatlar almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi