O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Masqat shahriga keldi

Noyabr 16, 2026. 18:50 • 51 soniya

• 158
O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Masqat shahriga keldi

TOSHKENT, 16-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun davlat tashrifi bilan O‘monga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat havo hududida O‘zbekiston yetakchisining samolyotini sultonlik Harbiy-havo kuchlarining qiruvchilari kuzatib bordi.

Masqat xalqaro aeroportida Prezidentimizni O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said va sultonlikning yuqori darajali rasmiylari kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Yetakchilar rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar va faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Aeroportning Sultonlik terminalida bo‘lib o‘tgan qisqa suhbatdan so‘ng davlat rahbarlari birgalikda “Al-A’lam” saroyiga yo‘l oldilar.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish