AQSHda Ramazon oyi munosabati bilan vatandoshlar uchun iftorlik tadbiri tashkil etildi
Mart 14, 2026. 19:39 • 2 daq
• 51
VASHINGTON, 15-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasining AQSHdagi Elchixonasi tomonidan muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Virjiniya shtatining Shantili shahrida O‘zbekiston Hukuamati nomidan iftorlik dasturxoni tashkil etildi. Mazkur tadbir «Virjiniya O‘zbek madaniyat markazi» o‘zbek dipsporal tashkiloti bilan hamkorlikda «Felah Village» restoranida erkak va ayollardan iborat 150 nafardan ortiq vatandoshlar ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur iftorlik marosimi muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Davlatimiz tomonidan xorijda yashayotgan vatandoshlarga ko‘rsatilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rlikni keng targ‘ib etish, davlat va diaspora o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hamkorlikni yana-da mustahkamlash, shuningdek AQSHda yashovchi vatandoshlarimizni jipslashtirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirildi.
Iftorlik dasturxoni O‘zbekiston Respublikasining AQSHdagi Elchixonasi tomonidan kirish so‘zi bilan ochildi. So‘ng, O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari M.Muhammadsiddikov so‘zga chiqib, Ramazon oyining fazilatlari, tinchlik va hamjihatlikning ahamiyati haqida maʼruza qildi.
Iftorlik tadbiri xorijdagi o‘zbek diasporasining jipslashuviga, o‘zaro muloqot va tajriba almashuviga xizmat qildi. Ishtirokchilar mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik siyosati, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi yangilanishlar hamda konsullik-huquqiy xizmatlar sifatining oshganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Vatandoshlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarda ular o‘zlarini davlat himoyasida his etayotgani, elchixona tomonidan doimiy aloqa va amaliy yordam ko‘rsatilayotgani alohida taʼkidlandi. Ayniqsa, diniy ulamolarning O‘zbekistondan taklif etilib, Ramazon oyida vatandoshlar bilan birga bo‘lishi maʼnaviy birlik va milliy o‘zlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgani eʼtirof etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi