Logo

Moskvada o‘zbekistonlik ayollar va talabalar uchun iftorlik uyushtirildi

Mart 11, 2026. 08:10 • 2 daq

194

MOSKVA, 11-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Rossiya poytaxtida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandosh ayollar hamda o‘zbekistonlik talabalar uchun iftorlik tadbiri tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Buxoro shahar “Xalifa Xudoydod” jome masjidi imom-xatibi Odiljon Sadillolev ham ishtirok etdi.

Tadbirni ochib bergan Elchixona vakillari va imom-xatib muborak Ramazon oyi munosabati bilan yurt rahbariyati nomidan o‘zbekistonliklarga tabrik yo‘lladi.

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatimizda muqaddas oyni munosib o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash va xayriya tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning jamiyat hayotidagi rolini oshirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilgani alohida taʼkidlandi. Qabul qilinayotgan qonun va qarorlarda gender tenglik masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tadbir doirasida mehmonlarga O‘zbekistonning boy tarixi, o‘zbek xalqining buyuk ajdodlari jahon ilm-fani va madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida maʼlumot berildi.

Tadbir yakunida vatandoshlar ayni paytda Vatanimiz tashqarisida bo‘lib turgan har bir fuqaroga ko‘rsatilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rlik uchun O‘zbekiston Prezidenti va hukumatiga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish