Logo

Ramazon oyi munosabati bilan Nyu-Yorkda iftorlik dasturxoni yozildi

Mart 08, 2026. 12:00 • 57 soniya

112
Ramazon oyi munosabati bilan Nyu-Yorkda iftorlik dasturxoni yozildi
Ramazon oyi munosabati bilan Nyu-Yorkda iftorlik dasturxoni yozildi
Ramazon oyi munosabati bilan Nyu-Yorkda iftorlik dasturxoni yozildi
Ramazon oyi munosabati bilan Nyu-Yorkda iftorlik dasturxoni yozildi

NYU-YORK10-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Nyu-York shahrida iftorlik tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur tadbirda o‘zbek jamoatchiligi va diaspora vakillari, jamoat tashkilotlari faollari hamda AQShda yashayotgan vatandoshlar ishtirok etdi. Iftorlikning tashkil etilishi mamlakat rahbariyatining xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash, milliy an’analarni asrab-avaylash va o‘zbek diasporasi birdamligini rivojlantirishga qaratilgan izchil siyosatining yana bir tasdig‘i bo‘ldi.

Nyu-Yorkda istiqomat qilayotgan hamyurtlarimiz O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar so‘nggi yillarda jadal rivojlanayotganini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, uchrashuvda madaniy-diniy an’analarni asrab-avaylash, vatandoshlar o‘rtasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash muhimligi qayd etildi.

Ishtirokchilar O‘zbekiston rahbariyatiga xorijdagi vatandoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va doimiy qo‘llab-quvvatlov uchun samimiy minnatdorlik bildirdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish