Javdat Yilmaz: O‘zbekiston nafaqat taraqqiy etmoqda, balki barqaror rivojlanish tamoyillari asosida harakat qilmoqda
Noyabr 11, 2026. 12:30 • 2 daq
• 79
ANTALIYA, 11-noyabr. /“Dunyo” AA/. Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz o‘zbekistonlik jurnalistlar bilan COP31 doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston pavilonidagi taassurotlari haqida o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“O‘zbekiston paviloni juda go‘zal ko‘rinishga ega. Unda mamlakatingizning milliy qadriyatlari va dunyoqarashi o‘zining yorqin ifodasini topgan.
Shu bilan birga, maydonda qator ajoyib tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Biz ham ularni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rish imkoniga ega bo‘ldik va bu tadbirlar bizda juda iliq taassurot qoldirdi.
O‘zbekistonning ekologik kun tartibi, jumladan, Orol dengizi muammosi haqida to‘xtalar ekanman, shuni ta’kidlashni istardimki, bugungi yangi davrda mamlakatingiz nafaqat taraqqiy etmoqda, balki barqaror rivojlanish tamoyillari asosida ham faol harakat qilmoqda. Biz bunga yana bir bor ishonch hosil qildik.
Qardosh O‘zbekiston xalqini chin dildan qutlaymiz. Sizlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz”, – dedi Javdat Yilmaz.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy paviloni 9-noyabr kuni Antaliyada ish boshlagan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) tadbirlari doirasida taqdim etildi.
Unda 196 mamlakat vakillari ishtirok etmoqda, anjumanning “Amaliy harakatlar COP” konsepsiyasida belgilangan bosh maqsadi global iqlim majburiyatlarini aniq yechimlarga aylantirishdan iborat.
O‘zbekistonning COP31dagi ishtiroki milliy iqlim ustuvorliklarini ilgari surish, xalqaro sheriklikni kengaytirish hamda ekologik loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi