“Do‘stlik” festivali: xalq diplomatiyasi va millatlararo totuvlik yo‘lidagi muhim qadam

Iyul 23, 2026. 15:30 • 2 daq

106
“Do‘stlik” festivali: xalq diplomatiyasi va millatlararo totuvlik yo‘lidagi muhim qadam
“Do‘stlik” festivali: xalq diplomatiyasi va millatlararo totuvlik yo‘lidagi muhim qadam

TOSHKENT, 23-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Milliy matbuot markazida 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Do‘stlik” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Qo‘mita rahbariyati, milliy madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari hamda Birodar shaharlar alyansi vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Unda festivalning asosiy maqsad va vazifalari, dastur doirasida rejalashtirilgan madaniy-maʼrifiy, ilmiy-amaliy hamda ommaviy tadbirlar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, festivalning asosiy tadbirlaridan biri hisoblangan I xalqaro “Birodar shaharlar forumi”ga to‘xtalib o‘tilib, mazkur tadbir 24–25-iyul kunlari qadimiy va navqiron Samarqand shahri mezbonligida bo‘lib o‘tishi, unda 30 ga yaqin davlatdan 100 ga yaqin xorijiy mehmonlar, olimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bir maydonda jamlanishi haqida batafsil axborot berildi.

Anjumanda festivalning mamlakatimizda millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va xalq diplomatiyasini rivojlantirishdagi o‘rni alohida taʼkidlandi.

Maʼlumot uchun, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 30-iyul sanasi Xalqaro do‘stlik kuni sifatida eʼtirof etilgan. Shu munosabat bilan har yili ushbu sana butun dunyoda Xalqaro do‘stlik kuni sifatida nishonlanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish