O‘zbekistonlik o‘quvchilar “Xotira poyezdi” xalqaro aksiyasiga qo‘shildi

Iyun 22, 2026. 19:30 • 2 daq

111

MOSKVA, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonlik yuqori sinf o‘quvchilari “Xotira poyezdi – 2026” xalqaro aksiyasida ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Shu yil 20-iyun kuni boshlangan aksiya 5 iyulga qadar davom etadi. Ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Tojikistondan kelgan 200 nafarga yaqin maktab o‘quvchilari Belarus va Rossiyaning Ikkinchi jahon urushi tarixida alohida o‘rin tutgan ramziy shaharlari, xususan, Minsk, Moskva va Sankt-Peterburg bo‘ylab sayohat qiladi. Bu yilgi xalqaro aksiyada ilk bor AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyadan kelgan o‘smirlar ham ishtirok etmoqda.

2022-yilda yo‘lga qo‘yilgan “Xotira poyezdi” loyihasi Ikkinchi jahon urushi qahramonlari xotirasini asrab-avaylashning o‘ziga xos ramziga aylangan. Loyihaning asosiy maqsadi o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida tarixiy merosga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda xalqaro yoshlar muloqotini mustahkamlashdan iborat.

Sayohat davomida ishtirokchilar yirik muzeylar va memorial majmualar bilan tanishadi, urush faxriylari bilan uchrashuvlarda qatnashadi. Shu bilan birga, mazkur madaniy tadbir turli mamlakatlar vakillari bo‘lgan tengdoshlar uchun o‘zaro fikr almashish, boshqa xalqlar madaniyati va an’analarini yaqindan o‘rganish hamda yangi do‘stlar orttirish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Mazkur xalqaro loyiha Belarus va Rossiya hukumatlari tomonidan an’anaviy tarzda qo‘llab-quvvatlanib, har yili ajdodlar jasoratini xotirlash yo‘lida faol va intiluvchan yoshlarni o‘z atrofida birlashtirib kelmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish