Istanbulda vatandoshlarga Ramazon oyi fazilatlari haqida maʼlumot berildi
Fevral 18, 2026. 12:24 • 45 soniya
• 56ISTANBUL, 18-fevral. /“Dunyo” AA/. Kecha Istanbul shahrida mehnat qilayotgan va taʼlim olayotgan yuz nafarga yaqin vatandoshlar ishtirokida “Ramazon oyi fazilatlari” mavzusida onlayn shaklda maʼnaviy-maʼrifiy suhbat tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur tadbir Istanbuldagi Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi vakillari tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Onlayn muloqotda Toshkent shahridagi Oq masjid imom-xatibi Iroiljon Ismoiljon o‘g‘li mavzu yuzasidan fikr bildirdi.
Suhbat davomida Ramazon oyining fazilati va inson maʼnaviy tarbiyasidagi o‘rni, xorijda eʼtiqodda adashmaslik, savob ishlarni ko‘proq qilish borasida so‘z yuritildi.
Ushbu muqaddas oyda ezgu amallarni bajarish kerakligi, ehsonni avvalo yaqinlardan boshlash lozimligi, nafsni tiyish, yuksak axloq namoyon etish, millat shaʼnini asrash, turli jinoiy va axloqsiz guruhlar taʼsiriga tushib qolmaslik haqida to‘xtalib o‘tildi.
Ishtirokchilar Ramazon oyi fazilatlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Ushbu muloqot xorijdagi vatandoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy bilim va ko‘nikmalarini boyitishga xizmat qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi


