“Xitoy – Markaziy Osiyo” inson huquqlarini rivojlantirish forumi Toshkentda o‘z ishini boshladi

May 14, 2026. 10:25 • 2 daq

19

TOSHKENT, 14-may. /“Dunyo” AA/. Bugun Toshkent shahrida “Xitoy – Markaziy Osiyo” inson huquqlarini rivojlantirish bo‘yicha to‘rtinchi forumi o‘z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Anjuman Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoyning davlat idoralari, ekspert-tahlil doiralari, ilmiy muassasalari hamda ishbilarmon vakillarini bir maydonga jam etmoqda.

Forum Xitoyning Inson huquqlarini rivojlantirish jamg‘armasi (China Foundation for Human Rights Development, CFHRD) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi tomonidan tashkil etilmoqda.

“Yuqori sifatli rivojlanish orqali inson huquqlari sohasidagi taraqqiyotni birgalikda ilgari surish” mavzusida o‘tayotgan forum doirasida Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlarining inson huquqlari sohasidagi hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinishi kutilmoqda. Xususan, rivojlanish huquqini taʼminlash maqsadida kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish, ekologiyani muhofaza qilish va “yashil” taraqqiyot, shuningdek, inson huquqlari rivojiga xizmat qiluvchi raqamli intellektual texnologiyalarni ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Muhokamalarda Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan inson huquqlari sohasidagi ekspertlar, olimlar, davlat va biznes doiralari vakillari ishtirok etmoqda.

So‘nggi yillarda “Xitoy – Markaziy Osiyo” inson huquqlarini rivojlantirish forumi mintaqada gumanitar hamkorlik va muloqotni mustahkamlovchi muhim platformalardan biriga aylanib bormoqda. Uning birinchi yig‘ini 2023-yil sentyabr oyida Pekin shahrida, ikkinchisi 2025-yil iyun oyida Ostona shahrida, uchinchisi esa 2025-yil iyul oyida Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish