Latviyada vatandoshlar o‘rtasida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
May 15, 2026. 20:25 • 58 soniya
• 53RIGA, 15-may. /“Dunyo” AA/. Latviyada O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida mamlakatning turli shaharlarida istiqomat qilayotgan, ishlayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha turnir tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Musobaqada o‘zbek diasporasi vakillaridan tashkil topgan 12 ta jamoa qatnashdi. Turnir vatandoshlar o‘rtasida muloqot qilish, tajriba almashish va aloqalarni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘ldi.
Turnir g‘olib va sovrindorlari kubok, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tadbir doirasida ishtirokchilar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Tashkilotchilar turnirning asosiy maqsadi vatandoshlar birligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, sportga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish va Vatanga daxldorlik hissini kuchaytirishdan iborat ekanini taʼkidladi.
Mazkur musobaqa diasporaning faolligini oshirish, ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish va xorijdagi o‘zbekistonliklar o‘rtasida o‘zaro yordamni mustahkamlashga xizmat qilgani taʼkidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Shotlandiyada ishlayotgan Markaziy Osiyoliklar o‘rtasida futbol turniri o‘tkazildi





