Logo

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik talabalar uchun iftorlik o‘tkazildi

Mart 05, 2026. 15:34 • 2 daq

203
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik talabalar uchun iftorlik o‘tkazildi
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik talabalar uchun iftorlik o‘tkazildi
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik talabalar uchun iftorlik o‘tkazildi

SANKT-PETERBURG, 6-mart. /“Dunyo” AA/. Sankt-Peterburg shahrida Namangan viloyati “Obid qori” masjidi imom-xatibi Ilyosxon Sobitov ishtirokida iftorlik tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Sankt-Peterburg shahridagi oliy o‘quv yurtlarda tahsil olayotgan va konsullik tadbirlarida faol ishtirok etib kelayotgan 20 nafar o‘zbekistonlik talaba ishtirok etdi.

Imom-xatib Ilyosxon Sobitov muqaddas Ramazon oyida xorijdagi vatandoshlar holidan xabar olish maqsadida davlat rahbari tomonidan yuborilganini alohida ta’kidladi. U halol va haromni ajratish, o‘zga din vakillariga nisbatan hurmatni saqlash, turli yod g‘oyalardan ehtiyot bo‘lish kabi masalalarda alohida to‘xtalib o‘tdi. Qur’on oyatlari o‘qildi, sahih hadislardan misollar keltirildi.

Yurtimizning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulligi diplomatlari muqaddas Ramazon oyini mehr-oqibat, do‘stlik va shukronalik ruhida o‘tkazish, diniy-madaniy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlashga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

O‘z navbatida Sankt-Peterburgdagi universitetlarda iqtisodiyot, texnologiya, dizayn, pediatriya kabi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar iftorlik va mazmunli ma’naviy suhbat uchun minnatdorlik bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish