Germaniya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda
Iyul 15, 2026. 19:47 • 2 daq
• 85
TOSHKENT, 15-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Germaniya elchisi Manfred Xutererni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Manfred Huterer janoblari bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Elchining yurtimizdagi faoliyati davomida oliy darajadagi uchrashuvlar muvaffaqiyatli tashkil etilgani, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi yaqin muloqot mustahkamlangani hamda ko‘p qirrali sheriklik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida taʼkidladik.
Fursatdan foydalanib, janob elchiga munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”.
Eslatib o‘tamiz, Manfred Xuterer 2021–2024-yillarda Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Tilo Klinnerning o‘rniga 2024-yil 20-sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi