Logo

Umumtaʼlim maktablari direktorlari taʼlim muassasasi menejmenti yo‘nalishida Malayziyada amaliyot o‘tadi

Dekabr 14, 2025. 12:00 • 50 soniya

120
Umumtaʼlim maktablari direktorlari taʼlim muassasasi menejmenti yo‘nalishida Malayziyada amaliyot o‘tadi

KUALA-LUMPUR, 14-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning ilg‘or umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktorlari Malayziyaning UNIMAS universiteti akademiyasida taʼlim muassasasi menejmenti yo‘nalishida amaliyot o‘tadi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Taʼlimda yetakchilik va boshqaruv” mavzusidagi mazkur dastur o‘zbek maktablari direktorlarining boshqaruv, taʼlim sifati, pedagogik rahbarlik va taʼlim muassasasini strategik rivojlantirish bo‘yicha global tajriba hamda zamonaviy kompetensiyalarini oshirishga qaratildi.

Ikki hafta davom etgan malaka oshirish kurslarida o‘zbekistonlik maktab direktorlari resurslarni taqsimlash, loyihadan amaliyotga o‘tish tajribasi, maktab darajasida hisobdorlikni taʼminlash, taʼlimga innovatsiya va texnologiyani integratsiya qilish hamda rahbariyat va o‘qituvchi-talaba o‘rtasida sog‘lom munosabatlarni shakllantirish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Jumladan, delegatsiya aʼzolarining Malayziya milliy universiteti qoshidagi davlat maktabi hamda Sunway International School xalqaro maktabiga tashriflari tashkil etilib, ushbu taʼlim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Amaliyot yakunida O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ishtirokida o‘zbekistonlik taʼlim muassasalari rahbarlariga xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlar topshirildi.

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish