O‘zbekiston elchisi Vengriya mudofaa vaziri bilan uchrashdi

Iyun 30, 2026. 14:30 • 55 soniya

122
O‘zbekiston elchisi Vengriya mudofaa vaziri bilan uchrashdi

BUDAPESHT, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shahavdinov Vengriya mudofaa vaziri Romulus Rusin-Sendi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida tomonlar mudofaa sohasidagi O‘zbekiston–Vengriya hamkorligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini atroflicha muhokama qildi. Shuningdek, ikki mamlakatning tegishli idoralari o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini yana-da kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida asosiy eʼtibor mudofaa sanoati va harbiy taʼlim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish imkoniyatlariga qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar konstruktiv hamkorlikni izchil davom ettirishdan ikki tomonlama manfaatdor ekanini taʼkidladi. Shuningdek, mudofaa sohasidagi O‘zbekiston–Vengriya sherikligini yana-da mustahkamlash maqsadida muntazam aloqalarni saqlab turishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish