Navoiy davlat universiteti o‘qituvchilari Xitoyda qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha malaka oshirdi

Sentabr 24, 2026. 16:30 • 2 daq

152

NANNIN, 24-sentabr. /“Dunyo” AA/. Xitoyning Nannin shahrida Navoiy davlat universiteti o‘qituvchilari uchun bir haftalik o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu malaka oshirish kurslari O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi hamda Guansi-Chjuan avtonom hududi qishloq xo‘jaligi departamenti hamkorligida tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarda ishtirokchilar qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, xarajatlarni optimallashtirish, urug‘chilik va hosildorlikni oshirish, transchegaraviy savdoni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarini oshirdi.

Xususan, Guansi qishloq xo‘jaligi universiteti, “Maiyue” texnologik hamda Guansi zamonaviy qishloq xo‘jaligi sanoat parklariga tashriflar uyushtirilib, seminar va davra suhbatlari o‘tkazildi.

O‘zbekistonlik mutaxassislar “Xitoy–ASЕAN qishloq xo‘jaligi hamkorligi va kambag‘allikni qisqartirish” mavzusidagi konferensiyada ham qatnashdi. Mazkur tadbir davomida Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdi.

Nannin shahrida bo‘lib o‘tgan “CAEXPO” ko‘rgazmasida Xorazm viloyatining turizm salohiyati va mamlakatimiz hunarmandchilik mahsulotlari namoyish etildi.

O‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari yakunida ishtirokchilarga Guansi qishloq xo‘jaligi departamenti tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish